Huawei 1
Buxoroda tanish-bilishchilik qilib jazodan qutilmoqchi bo‘lgan haydovchining telefonini o‘chirib qo‘ygan YPX xodimiga 3 mln so‘m pul mukofoti berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimi “tanish-bilishchilik” qilib javobgarlikdan qutilmoqchi bo‘lgan haydovchining telefonini o‘chirib ko‘yganligi aks etgan video tarqaldi. 

Ushbu videoda Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani IIB JXX YHXB yo‘l-patrul xizmati inspektori safdor Sunnat Ergashev ekanligi aniqlandi

O‘z xizmat vazifasiga vijdonan yondashib, hamkasblariga o‘rnak bo‘lgani uchun IIV JXD YHXX rahbariyati tomonidan 3 mln so‘m pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.

Rag‘batlantirish Buxoro viloyati IIB JXX YHXB boshlig‘i tomonidan shaxsiy tarkib bilan o‘tkazilgan yo‘riqnomada tantanali topshirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91010 | Инструменты