“Buyuk ipak yo‘li” metro bekati yaqinida yo‘lovchi tashimaydigan avtomobillarning to‘xtashini taqiqlovchi yo'l chiziqlari chizildi

Joriy yilning 22 aprel kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasida joylashgan Buyuk Ipak Yo‘li metro stansiyasi bekatiga 1.17 sariq rangdagi siniq yo‘l chiziqlari chizildi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" AJ Axborot xizmati xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, mazkur chiziqlarni chizishdan asosiy maqsad ushbu bekatda yo‘lovchi tashish bilan shug‘illanmaydigan transport vositalarining to‘xtab turishini taqiqlash va jamoat transportini mazkur bekat orqali xavfsiz harakatlanishini hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashdan iborat.

Ushbu tadbir shaharning aholi gavjum bo‘lgan va transport vositalari tirband bo‘lgan oraliq bekatlarda davom ettiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты