Huawei 1
Byudjet mablag‘lari hisobidan 177 mlrd so‘mlik ortiqcha va noqonuniy xarajatlar aniqlandi

Hisob palatasining “Masofaviy audit” axborot tizimi tomonidan vazirliklarda avtomatik ravishda aniqlangan risklardan 395 milliard so‘mlik kamchiliklar bartaraf etildi

Nazorat tadbirlari va tahlillar natijasida:

- 54,5 milliard so‘m ortiqcha va noqonuniy xarajatlarning oldi olingan;

- davlat byudjetiga 3,6 trillion so‘mlik qo‘shimcha daromad manbalari aniqlanib, hozirda undirish choralari ko‘rilmoqda;

- byudjet mablag‘lari hisobidan 177 milliard so‘mlik ortiqcha va noqonuniy xarajatlar aniqlanib, ularni bartaraf etish va kelgusida takrorlanmaslik choralari ko‘rilgan.

Davlat xaridlari tahlil qilinganda 3 ming 200 ta shartnoma qayd etilgan qonun talablariga zid ravishda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ygan holda tuzilganligi aniqlangan. Shundan 9 tasida 1,9 milliard so‘mga qimmat narxlar va 1,5 milliard so‘mlik qo‘shib yozish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi ma’lum bo‘lgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122622 | Инструменты