Huawei 1
Chet tili o‘qituvchilari uchun 50 million so‘mlik subsidiya ajratiladi

Kasbiy taʼlim tashkilotlari va kasbiy ko‘nikmalar markazlarida faoliyat yuritayotgan chet tili o‘qituvchilari uchun bir martalik subsidiya ajratiladi.

O‘qituvchilar reytingi ularning bitiruvchilari xalqaro til sertifikatlarini qo‘lga kiritgan holatiga qarab aniqlanadi.

Xususan, ingliz, koreys, nemis va yapon tillari bo‘yicha kamida B1 yoki unga tenglashtirilgan darajadagi xalqaro sertifikat olgan o‘quvchilar soniga qarab, eng yuqori ko‘rsatkichga erishgan 50 nafar o‘qituvchi har biri 50 million so‘mdan subsidiya oladi.

Chet tili o‘qituvchilari o‘z arizalarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida 2025-yil 25-fevralga qadar topshirishlari lozim.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22223 | Инструменты