Huawei 1
Chimyon tog'lariga dam olish uchun borgan 3 kishi yo'lidan adashib, yo'qolib qolgan

Joriy yilning 30-iyul kuni soat 20:20 da Toshkent viloyati FVBga bir fuqaro qo‘ng‘iroq qilib, 3 nafar shaxs yo'qolib qolganini aytib, amaliy yordam so‘ragan.

Ma'lum bo'lishicha, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Chimyon tog‘lariga 4 kishi dam olish maqsadida kelgan. Ulardan 3 tasi sayr qilish jarayonida yo‘ldan adashib, qaytib kelmagan.

Qayd etilishicha, zudlik bilan qidiruv-qutqaruv ishlariga Chimyon otryadining alpinist qutqaruvchilari jalb qilingan. Qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida 31-iyul soat 01:22 da fuqarolar “Katta Chimyon” tog‘ining dengiz sathidan 3000 metr balandlikdagi cho‘qqisidan topilgan.

Fuqarolarga psixologik yordam ko‘rsatilib, tog‘ cho‘qqisidan erta tongda olib tushilgan va tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi tibbiy yordami ko‘rsatilgan. 

Ularning sog‘liqlar yaxshi, ularga hech qanday tan jarohatlari yetmagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90200 | Инструменты