Huawei 1
Chiqindilarni boshqarish sohasida “Call-markaz” ishga tushdi

Endilikda fuqarolar chiqindilarni boshqarish sohasi hamda tizimdagi tashkilotlar faoliyatiga tegishli masalalar yuzasidan takliflar, shikoyatlar, murojaatlar bo‘lsa, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazining 1205 hamda 1275 ishonch raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin.

1205 raqamli “Call-markaz”ga quyidagi holatlar bo‘yicha talab, takliflar va shikoyatlar qoldirish mumkin:

Turar joylardan maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketilmaganlik holati;

Chiqindilarni olib ketish xizmati uchun to‘lov masalalarida yuzaga keladigan holatlar;

Qurilish chiqindilarini olib ketilishi bilan bog‘liq holatlar;

Noreal qarzdorliklarga aniqlik kiritish bo‘yicha hamda

1275 raqamli Call-markazga esa:

Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi faoliyati;

Yuridik shaxslar tomonidan chiqindilarni olib ketish uchun shartnomalar tuzish holatlari;

Tizimdagi filiallar faoliyati.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60322 | Инструменты