Prezidentning tegishli qaroriga ko‘ra Sharifbek Hasanov O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Sharifbek Hasanov 1990-yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. 2013-yilda Buyuk Britaniyaning Kardiff Metropolitan universiteti (bakalavr), 2015-yilda Buyuk Britaniyaning Surrey universiteti (magistratura)ni tamomlagan.
Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi hamda turli davlat boshqaruv organlarida faoliyat yuritgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20519 | Инструменты