Huawei 1
Chirchiqda ishlab chiqarish korxonasini elektr tarmog‘iga qayta ulab berishni va’da qilgan muhandis ushlandi

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida ishlab chiqarish korxonasini elektr tarmog‘iga qayta ulab berishni va’da qilgan muhandis ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, prokuratura va DXX xodimlari hamkorligida tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Chirchiq shahar elektr tarmoqlari korxonasi guruh muhandisi B.M. “C.B.” MCHJga qarashli ishlab chiqarish korxonasini elektr tarmog‘iga qayta ulab berishi evaziga tadbirkor Sh.dan 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 214-moddasi (davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi xizmatchisining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42003 | Инструменты