Chirchiqda Muxtor Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetining filiali ochiladi

Toshkent viloyati Chirchiq shahrida Muxtor Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetining filiali tashkil etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori imzolandi.

Quyidagilar filial faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi:

- Iqtisodiyot tarmoqlari uchun zamonaviy talablar asosida xalqaro taʼlim standartlariga muvofiq yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash;

- taʼlim, ilm-fan hamda ishlab chiqarishning uzluksizligi va izchilligi tamoyillari, shuningdek, jahonning nufuzli o‘quv-ilmiy markazlari bilan uyg‘un integratsiyalashuv asosida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini joriy etish;

- zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlash jarayoniga ilg‘or hamda masofaviy texnologiyalarni keng joriy etish, yuqori malakali professor-o‘qituvchilarni va ko‘p yillik ish stajiga ega bo‘lgan amaliyotchilarni jalb etish;

- xorijiy davlatlarning yetakchi oliy taʼlim tashkilotlari, ilmiy tadqiqot markazlari va biznes-hamjamiyatlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, rivojlantirish hamda mustahkamlash;

- ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning professional mahorati darajasi hamda sifatini uzluksiz oshirib borish, xorijiy davlatlardagi yetakchi oliy taʼlim tashkilotlarida malaka oshirishini va stajirovka o‘tashini taʼminlash;

- fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish hamda ularning natijalarini amaliyotga joriy etish, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda ilmiy-texnik vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan amaliy va innovatsion izlanishlarni amalga oshirish.

Filialda taʼlim jarayoni O‘zbekiston Respublikasi davlat taʼlim standartlari talablari inobatga olingan, universitet tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv rejalari va fan dasturlariga muvofiq Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Filialga abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish ishlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda, universitet tomonidan belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi.

Filial bitiruvchilariga O‘zbekistonida oliy maʼlumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi. Filialga belgilangan tartibda litsenziya olingandan so‘ng taʼlim faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etiladi.

Filialning har yilgi qabul parametrlarining 5 foizdan kam bo‘lmagan qismi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli va iqtidorli bo‘lgan farzandlari orasidan tanlov asosida abituriyentlarni bepul (Filial granti asosida) o‘qishga qabul qilish uchun ajratiladi.

Filial Toshkent viloyati Chirchiq shahrining «X. Maqsudov» MFY, V. Haydarov ko‘chasidagi 1-uy manzilida belgilangan tartibda ijara huquqi asosida joylashtiriladi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты