Huawei 1
Cho‘chqa grippi O‘zbekistonga kirib kelganmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda choʼchqa grippi dunyoning bir necha mamlakatlarida qayd etilayotgani toʼgʼrisidagi xabarlar tarqalmoqda. Shu o‘rinda bu kasallikning belgilari va ushbu kasallikka qarshi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mutaxassis o‘z mulohazalarini bildirdi.

Cho‘chqa grippi kasalligining qanday alomatlari bor?

Choʼchqa grippiga shubha qilish uchun bemorda belgilar bilan birgalikda bemorning kasallik tarqalgan hududlarda boʼlishi va ushbu kasallikka chalingan bemorlar bilan kasallik boshlanishidan 7 kun oldin aloqada boʼlgan boʼlishi eʼtiborga olinishi kerak.

Grippdan farq tomonlari shundaki, odamlar orasida choʼchqa grippi infektsiyasining odatdagi klinik koʼrinishi mavsumiy gripp va boshqa oʼtkir yuqori nafas yoʼllarining infektsiyalariga oʼxshash boʼlib, haroratning koʼtarilishiva nafas olish tizimida yalligʼlanish belgilarining yuzaga kelib yoʼtal, angina, faringit, burunning bitishi kabi belgilarning paydo boʼlishidir, ayrim holatlarda qusish va ich ketish alomatlari yuzaga kelishi mumkin.

Odamlar odatda choʼchqa grippini kasallangan choʼchqalardan yuqtirishadi, baʼzi hollarda odamdan odamga yuqish kuzatilgan, ammo bu kasal odamlar bilan yaqin aloqada boʼlgan odamlar va odamlar guruhlari bilan cheklangan.

 Kasallik faqat maxsus laborator tekshirish usullari bilan tasdiqlanadi.

Choʼchqa grippiga chalingan (gumon qilingan) bemorlar darhol yuqumli kasalliklar kasalxonasida maxsus tashkil etilgan gospitalga, gumon qilinganlar boʼlsa, ular provizor gospitalga, muloqotda boʼlganlar esa izolyatorga yotqiziladi. Bemor toʼliq tuzalguncha davolanadi, alohidalanib (izolyatsiya), tibbiy kuzatuv ostiga olinadi.

Аgarda yaqinda chet el davlatidan qaytib, sogʼligʼingizda bezovtalik sezsangiz darhol shifokorga murojaat qiling.

Mazkur kasallik Oʼzbekistonga kirib kelganmi?

Hech qanday xavotirga oʼrin yoʼq. Respublikamizda choʼchqa grippi kasalligi aniqlanmagan. Epidemik vaziyat esa barqaror.

Respublikamiz hududiga chetdan choʼchqa grippi kasalligi kirib kelgan taqdirda ham oʼchoqni qamrab olish (lokalizatsiya) va tugatish (likvidatsiya) boʼyicha barcha chora-tadbirlar boshqa oʼtkir respirator kasalliklarida qanday oʼtkazilsa, choʼchqa grippida ham xuddi shunday tadbirlar amalga oshiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122418 | Инструменты