Huawei 1
"Chorsu"da 2 xalta qurt o'g'irlandi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Shayxontohur tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko'ra, 8 avgust kuni taxminan soat 06.30 da “Chorsu” avtoturargohida 42 yoshli G'ayratjon R. 40 yoshli G'ayrat S.ga tegishli bo'lgan yuk avtomobili ochiq qolganidan foydalanib, uning ichidan 9.000.000 so'mlik ikki xalta qurt o'g'irlagan.

Mazkur fakt asosida O'zbekiston Jinoyat kodeksining 169 moddasi (“O'g'rilik”) bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atildi. Bu haqida Toshkent shahar IIBB xabar qildi.

Ko'rilgan choralar natijasida gumonlanuvchi qo'lga olindi. Tergov davom etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101015 | Инструменты