Huawei 1
Choy va qahva diabet xavfini kamaytiradi — tadqiqot

Choy, qahva va sabzavotlar tarkibidagi achchiq polifenollar maxsus retseptorlarga taʼsir ko‘rsatib, semirish va qandli diabet bilan kasallanish xavfini kamaytiradi. Shu yo‘nalishda o‘tkazilgan tadqiqot natijalari Food Bioscience jurnalida eʼlon qilindi.

Biologik faol polifenol birikmalari o‘simliklarga kiruvchi oziq-ovqatlar — mevalar, sabzavotlar, don-urug‘lar, choy va qahva tarkibida mavjud. Achchiq taʼmi bilan ajralib turuvchi bu birikmalar, hazmi qiyinligi sababli, organizmdan chiqib ketishiga uzoq vaqt (bir kungacha) ketadi. Ayrim tadqiqotlar polifenollar hujayralarning shakarni sezuvchanligini oshirib, diabet kelib chiqishi xavfini kamaytirishini ko‘rsatmoqda.

Yangi tadqiqotda olimlar polifenollarning diabetga qarshi samaradorligida ularning T2R-retseptorlar bilan o‘zaro taʼsiri katta rol o‘ynashini ko‘rsatib berishdi. Buning natijasida oshqozon-ichak yo‘llari gormonlari ishlab chiqarilishi oshib, semirish va diabetga olib keluvchi xatarlar ozaygan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91307 | Инструменты