O‘zbekistonda dam olish kunlari ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Shanba kuni Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax va Toshkent viloyatlarida, yakshanbada esa Farg‘ona vodiysi hamda poytaxtda biroz yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Havo harorati kunduzi +17…+22 daraja atrofida bo‘ladi.
Dam olish kunlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Faqat 31-oktabrda Qashqadaryo, Surxandaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida va kechka tomon Toshkent viloyatining ba’zi joylarida, 1 noyabrda kechasi va ertalab Fargʻona vodiysi viloyatlari va Toshkent viloyatining ayrim joylarida biroz yomgʻir yogʻadi. Baland togʻlarda qorga aylanishi mumkin.
Havo harorati asosan kechalari 5–10 daraja iliq, shimolda 0–5 daraja iliq, kunduz kunlari 17–22 daraja iliqqacha boʻladi.
Toshkentda 30-31 oktabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 1 noyabrda kechasi va ertalab biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechalari 8-10 daraja iliq, kunduz kunlari 20-22 daraja iliq atrofida boʻladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 103014 | Инструменты