"O'zgidromet" xizmati O'zbekiston hududlari bo'ylab 1-3-noyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozini e'lon qildi.
Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan quruq ob-havo kuzatiladi.
Faqat 2-noyabrda kechasi va kunning birinchi yarmida Toshkent viloyatining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda jadalligi asosan biroz bo‘lgan yomg‘ir yog‘adi.
Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va yakshanba kuni 22-25o iliq qiymatiga yetadi. Sharqiy yo‘nalishdagi shamol 7-12 m/s tezlikda esadi.
Poytaxtimizda: 1-3 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechalari 8-10o iliq, kunduzi bugun va ertaga 19-21o iliq, 3 noyabr yakshanba kuni 23-25o iliq bo‘ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110117 | Инструменты