Huawei 1
Bloomberg: Alisher Usmonov 2024-yilda 6,46 mlrd dollar zarar ko‘rdi

Bloomberg Billionaires Index (BBI)ga ko‘ra, 2024 yil boshidan buyon rossiyalik milliarderlar boyligi 26,274 mlrd dollarga ko‘paydi.

O‘tgan 10 oyda eng ko‘p boyigan rossiyalik — Novolipesk metallurgiya kombinati direktorlar kengashi raisi Vladimir Lisin (+$4,81 mlrd). Jami boyligi $28,8 mlrd deya baholanayotgan Lisin jahon milliarderlari ro‘yxatida 63-o‘rinni egallab turibdi.

Kapitali o‘sishi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni “Severstal” asoschisi Aleksey Mordashov (+$4,75 mlrd, jami 25,6 mlrd), uchinchi o‘rinni “Yevroxim” va SUEK (Sibir ko‘mir energetika kompaniyasi) hamasoschisi Andrey Melnichenko (+$4,2 mlrd, jami $23 mlrd) egalladi. Dunyo boylari reytingida Mordashov 73-o‘rinni, Melnichenko 89-o‘rinni band qildi.

Rossiyalik milliarderlar orasida eng ko‘p yo‘qotishga uchragan inson “Metalloinvest” aksiyadori Alisher Usmonov bo‘ldi. Usmonovning kapitali 2024 yilda $6,46 mlrdga qisqarib, jami $14,6 mlrdni tashkil qilmoqda. Hozirda u jahon milliarderlari ro‘yxatida 154-o‘rinda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110119 | Инструменты