Huawei 1
Norvegiya F-16 qiruvchilariga texnik xizmat ko‘rsatish uchun Ukrainaga 118 mln dollar ajratadi

Norvegiya mudofaa vaziri Byorn Arild Gram F-16 qiruvchi samolyotlarining jangovar qobiliyatini saqlab qolish uchun Kiyevga 118 million dollar ajratilishini ma’lum qildi.

“Vazir 29—30-oktyabr kunlari Ukrainaning port shahri Odessaga tashrif buyurdi. U Ukraina harbiy-havo kuchlariga qo‘shimcha 118,4 million dollar ajratish orqali qo‘llab-quvvatlashni oshirishini aytdi. Mazkur mablag‘ F-16 qiruvchi samolyotlari uchun o‘q-dorilar va ehtiyot qismlar sotib olishga sarflanadi”, deyiladi bayonotda.

Xabarda aytilishicha, Oslo 2024—2025-yillarda Ukrainaga oltita F-16 samolyotlarini yetkazib bermoqchi. Shuningdek, ukrainalik uchuvchilarni Daniyada o‘qitishga yordam berish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, vazir Norvegiya Ukrainaga 130 dona puflama qayiqlarni topshirishini, birinchi yetkazib berish allaqachon amalga oshirilganini taʼkidladi.

Sentyabr oyida Norvegiya hukumati Ukrainaga yillik yordam ko‘rsatish muddatini 2030-yilgacha uzaytirdi va bu maqsadlar uchun har yili qo‘shimcha 475 million dollar ajratishini ma’lum qildi.

Norvegiyaning Kiyevga 2030-yilgacha bo‘lgan umumiy yordami kutilgan 7,1 milliard dollardan 12,8 milliard dollargacha oshdi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110119 | Инструменты