“Huquqiy eksperiment tariqasida davlat xizmatlarini ko'rsatish bilan bog'liq ma'muriy hujjatlar bo'yicha nizolarni sudgacha ko'rib chiqishning yangi tartibini joriy etish to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-188-son, 19.05.2025-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, davlat xizmatlarini ko'rsatishdagi qonunchilikka muvofiq bo'lmagan ma'muriy hujjatlarini sudgacha bo'lgan bosqichda apellyatsiya kengashlari tomonidan ko'rib chiqish tartibi joriy etilmoqda.
Quyidagilar tasdiqlandi:
- Davlat xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha ma'muriy hujjatlarning qonunchilikka muvofiqligini sudgacha ko'rib chiqish tartibi to'g'risidagi vaqtinchalik nizom;
- O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzuridagi Apellyatsiya kengashlarining namunaviy tarkibi.
Apellyatsiya kengashlari Vaqtinchalik nizomda nazarda tutilgan 20 dan ortiq davlat xizmatlari yuzasidan qabul qilingan ma'muriy hujjatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini sudgacha ko'rib chiquvchi yuridik shaxs maqomiga ega bo'lmagan kollegial organlar hisoblanadi.
Adliya vazirligi va Toshkent shahar adliya boshqarmasi tegishliligiga ko'ra apellyatsiya kengashlarining ishchi organlari hisoblanadi.
Apellyasiya kengashlari ma'muriy hujjatlarni sudgacha ko'rib chiqish orqali ularni qisman yoki to'liq bekor qilish, shuningdek, ma'muriy hujjatlarga o'zgartirish kiritish bo'yicha ma'muriy organga majburiyat yuklash haqida qarorlar qabul qilish vakolatiga ega.
Apellyatsiya kengashlari o'z faoliyatini davlat organlari, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda amalga oshiradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52121 | Инструменты