Davron Hidoyatov Toshkent viloyati hokimi bo'ldi. Bunga qadar u viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlayotgan edi
Davlat rahbari 2021-yil fevral oyidan buyon Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Davron Hidoyatov nomzodini Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tavsiya etdi.
Hidoyatov Davron Abdupattaxovich 1976-yil Toshkent shahrida tugʻilgan.
D.Hidoyatov mehnat faoliyatini 1996-1998-yillarda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki bosh amaliyot boʻlimi birinchi toifali mutaxassisi sifatida boshlagan.
2017-2018-yillarda Chilonzor tumani hokimi boʻlib ishlagan. 2018-2021-yillarda Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
Ovozga qoʻyish natijalariga koʻra, Davron Hidoyatov Toshkent viloyatining hokimi etib tasdiqlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110509 | Инструменты