Huawei 1
Denov tuman sudi sobiq raisiga oid jinoyat ishi sudda ko‘rilmoqda

Jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tuman sudi sobiq raisi Kamoliddin Murodovga oid jinoyat ishi sudda ko‘rilmoqda. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, sobiq sud raisi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan transport vositalaridan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lish jinoyati bo‘yicha ayblanmoqda. Unga oid jinoyat ishi Qashqadaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼatida birinchi instansiyada ochiq sud majlisida ko‘rib chiqilmoqda.

Sobiq sud raisi joriy yil 9 mart kuni advokat tanishi bilan YTHga uchragan. Buning oqibatida advokat og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Kamoliddin Murodov aybiga umuman iqrorlik bildirmagan hamda mashina boshqaruvida o‘zi bo‘lganini rad etgan. Ammo sud-biologik ekspertizasi rulda u bo‘lganini tasdiqlagan.

Kamoliddin Murodov va ukam bir-birlari bilan yaxshi tanish edi. Voqea sodir bo‘lgan kuni sud raisi o‘z xizmat mashinasida ukamning uyiga kelgan. Keyin ular ukamga tegishli Lacetti mashinasida qayergadir chiqib ketishgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61820 | Инструменты