Parkentgacha qurilayotgan temir yo‘l tuman rivojini jadal oshiradi
Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi hayoti, hududlarning iqtisodiy rivoji va yangi loyihalar bilan tanishish maqsadida Toshkent viloyatining Parkent tumaniga tashrif buyurdi. Dastlabki manzil “Parkentsoy” turar joy massivi bo‘ldi.
O'zbekistonda davlat xaridlarini amalga oshirishda ekologik mezonlar joriy etiladi
Davlat xaridlarini amalga oshirishda “yashil” davlat xaridlari tizimi joriy etiladi hamda “yashil” davlat xaridlari ulushi 2030 yilgacha bosqichma-bosqich 30 foizga yetkaziladi.
Shavkat Mirziyoyev “Toshkent-Sharqiy” aeroportida qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi
Davlat rahbari loyihaning texnik xususiyatlari, terminallarning arxitekturaviy yechimi bilan tanishib, qurilish ishlarini jadallashtirish, servis darajasini oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.
“So‘qoq somsasi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
Mazkur mahsulot o‘zining o‘ziga xos tabiiy masalliqlari, xususan, faqat So‘qoq tog‘larida o‘sadigan xalq orasida “mador” nomi bilan tanilgan o‘simlik yoki ismaloqdan tayyorlanishi, shuningdek, betakror ta’mi va xamirining o‘ziga xos usulda tayyorlanishi bilan ajralib turadi.
Raqobat qo‘mitasi 1760 dan ortiq avtobus bekatlari talabga javob bermasligini aniqladi
Qo‘mitaga ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari hamda fuqarolar tomonidan murojaatlar kelib tushgan. Ularda avtobus bekatlari belgilangan talab darajasida emasligi va yo‘lovchilar uchun yetarli darajada qulayliklar yaratilmaganligi yuzasidan e’tirozlar bildirilgan.
Surxondaryoda yonib ketgan 3 gektar yer vertolyot va dronlar yordamida o‘chirildi
Yong‘inni bartaraf etishga viloyat FVBdan 85 nafar shaxsiy tarkib, 4 ta texnika, O‘rmon xo‘jaligi bo‘limidan 40 nafar xodim, 4 ta texnika, IIBdan 6 nafar xodim, Mudofaa vazirligidan 20 nafar harbiy xizmatchi va bitta harbiy vertolyoti, mahalliy aholidan 40 nafar ko‘ngilli jalb etilgan.
Samarqandda 39 yoshli sudya avtohalokatda vafot etdi
Ayni paytda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Urgut tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Isroildagi o‘zbekistonliklar uchun mamlakatdan chiqish yo‘llari ma’lum qilindi
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi ushbu mamlakatni tark etish istagida bo‘lgan o‘zbekistonliklar qanday yo‘l bilan chiqib ketishi mumkinligi haqida ma’lumot berdi.
Buxoroda chaqalog‘ini 10 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ona qamaldi
Sud hukmiga ko‘ra, unga 3 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
TDYU huzuridagi akademik litseylar bitiruvchilarini suhbat asosida o'qishga qabul qilish tartibi belgilandi
Nizom 2023/2024 va 2024/2025-o'quv yillarida TDYU huzuridagi akademik liseylarga qabul qilingan o'quvchilarga nisbatan tatbiq etiladi. Bitiruvchilar 20-iyunga qadar oliy ta'lim tashkilotlari bakalavriatiga suhbat asosida test sinovlarisiz o'qishga kirish uchun tavsiya qilishni so'rab maxsus komissiyaga ariza beradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61822 | Инструменты