O‘zbekistonda 2025 yilning yanvar-aprel oylarida 135 922 dona avtomobil sotilgan. Bu – «O‘zavtosanoat» AJ tayyorlagan hisobotda keltirib o‘tilgan.
Qayd etilishicha, hisobot davrida UzAuto Motors 76 095 dona, Khorezm Auto 35 735 dona, ADM Jizzakh 15 520 dona, BYD Uzbekistan Factory 7 859 dona, Asaka Motors 491 dona, SamAuto 186 dona, Jizzakh Auto 36 dona avtomobilni xaridorlarga yetkazib bergan. Taqqoslash uchun, 2024 yilning yanvar-may oylarida birgina Shevrolet brendi ostidagi 142 891 dona mashina sotilgan. Bu joriy yildagi umumiy sotuv miqdoridan ham qariyb 7 mingtaga ko‘p.
Hisobot davrida korxonalarning ichki bozordagi ulushi quyidagicha:
Eng ko‘p sotilgan avtomobil – Cobalt. O‘tgan yil 54 545 dona ushbu modeldagi avtomobil sotilgan.
Keyingi o‘rinlarda Damas (22 409 dona) va Tracker (13 438 dona) qayd etilgan. Xaridorlar 13 326 ta Labo'ga buyurtma bergan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2024 yilda 402 391 dona avtomobil sotilgan. Xususan, UzAuto Motors 353 730 dona (87,9 foiz), ADM Jizzakh 30 329 dona (7,5 foiz), BYD Uzbekistan Factory 17 132 dona (4,3 foiz), Asaka Motors 489 dona (0,1 foiz), Jizzakh Auto 394 dona (0,1 foiz), SamAuto 317 dona (0,1 foiz) avtomobilni xaridorlarga yetkazib bergan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61901 | Инструменты