Huawei 1
Deputatlar karantin osti mahsulotlarini fitosanitar zararsizlantirish faoliyatining samaradorligini oshirishga oid qonun loyihasini qabul qildi

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda.

Ushbu qonun loyihasi bilan, O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotni zararsizlantirish (fumigatsiya) faoliyatida raqobat muhitini shakllantirish va mazkur tadbirlarning samaradorligini oshirish, shuningdek, fumigatsiya faoliyatining atrof-muhitga va fumigatsiya qilinayotgan mahsulotga ta’siri kam bo‘lgan usullarini joriy qilish maqsadida fitosanitar zararsizlantirish xizmatlarini xususiy sektorga o‘tkazish nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, karantin ostidagi mahsulotlarni zararsizlantirish (fumigatsiya) faoliyatini litsenziyalash tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi, litsenziyalash bilan bog‘liq vakolatlar esa Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga berilmoqda.

Deputatlarning aytishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi karantin osti mahsulotlarini fitosanitar zararsizlantirish faoliyatining samaradorligini oshirishga, xususan, fitosanitar zararsizlantirishning yangi usullarini joriy qilishga, jismoniy va yuridik shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i hamda atrof-muhitga bo‘lgan ta’sirini boshqarishga xizmat qiladi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91909 | Инструменты