Huawei 1
Deputatlar to‘lov xizmatlari faoliyatini tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasini ma’qulladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlari faoliyatini tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qildi. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati xabar berdi.

Qonun loyihasi bilan “Markaziy banki to‘g‘risida"gi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi, “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida"gi, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida"gi qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.

Raqamli to‘lov xizmatlarini taqdim etishda ijtimoiy injiniring va kiberjinoyat bilan bog‘liq tavakkalchiliklar turi ortib borayotgani sababli barcha to‘lov tizimi operatorlari zimmasiga tavakkalchiliklarni boshqarish tizimini joriy etish yuklatilmoqda.

Markaziy bankka to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlarining tavakkalchiliklarini boshqarish tizimiga doir minimal talablarni belgilash vakolati beriladi.

Loyihaga ko‘ra, to‘lov tashkilotlari to‘lov faoliyatining ko‘lamiga ko‘ra, ikki toifaga ajratilib, muhim to‘lov tashkiloti tushunchasi kiritilyapti.

To‘lov tashkilotlari fuqarolarga onlayn xizmatlar ko‘rsatishda texnik himoya usullarini takomillashtirishi hamda antifrod tizimlarini joriy etishi kerak bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82815 | Инструменты