Huawei 1
“Dok-1 Maks” dorilari sabab nogiron bo‘lib qolgan bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatyapmiz” — sog‘liqni saqlash vaziri

O‘zbekistonda “Dok-1 Maks” voqeasi sabab nogiron bo‘lib qolgan bolalarga davlat tomonidan tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda. Bu haqda sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov jurnalistlar bilan suhbatda maʼlum qildi.

Asilbek Xudayarovning aytishicha, vazirlikda “Dok-1 Maks” dorilarini isteʼmol qilish oqibatida nogironga aylangan bolalar ro‘yxati bor.

“Dok-1 Maks” voqeasi sabab nogiron bo‘lib qolgan bolalar holidan xabar olyapmiz. Asorati borlariga kafolatlangan tibbiy yordam ko‘rsatyapmiz. Bu ish bo‘yicha hali surishtiruv va tergov jarayonlari davom etmoqda. Vazir vazifasini bajaruvchi sifatida aytamanki, baʼzi bir kasallik asoratlari bo‘ladi. Ular nogironlikka olib kelgandan keyin organik yoki fiziologik buzilishlar bo‘ladi. Fizik buzilish bo‘lsa, to‘g‘rilash mumkin. Organik buzilish bo‘lsa, uni faqat asorati bilan shug‘ullanishimiz kerak. Ro‘yxatimiz bor, ularga yordam berilyapti”, dedi vazir.

Ma’lumot uchun, 2022 yilning dekabr oyida O‘zbekistonda Hindistonning “Dok-1 Maks” tabletka va siropidan jami 70 nafarga yaqin bolaning o‘lim holati kuzatilgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102222 | Инструменты