Huawei 1
DTM rasmiy saytida test sinovlari o‘tkaziladigan bino, stadion va xiyobonlar bo'yicha ma'lumotlar joylashtirildi

Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari o‘tkaziladigan bino, stadion va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi.

Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:

— Test sinovi o‘tkaziladigan hududning rasmi;
— Hududga kirish joylari;
— Test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi;
— Test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili;
— Sektor raqami;
— Test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar;
— Joylarning google xaritadagi geolokatsiyasi.

Mazkur sahifadan tegishli hududni tanlab, mazkur hududdagi test sinovlari o‘tkaziladigan stadion va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62308 | Инструменты