Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Jizzax viloyatining Zomin tumanida yashovchi B.Sh. va Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida istiqomat qiluvchi A.Sh.lar o‘zaro til biriktirib, Zomin tumanidagi g‘allachilikka ixtisoslashgan MCHJ tomonidan lizing asosida olingan 2 dona “Vektor-410” rusumli g‘alla o‘rish kombaynlarini sotish vakolatlari bo‘lmasada, lekin ularni jami 570 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Ta’kidlash lozimki, MCHJ tomonidan ushbu kombaynlar 1 mlrd 658 mln so‘mga sotib olingan bo‘lib, hozirgi kunda lizing to‘lovidan 1 mlrd 224 mln so‘mlik qarzdorligi mavjud.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112919 | Инструменты