Huawei 1
Ekologiya vazirligiga ovchilik faoliyatiga doir qo‘shimcha vakolatlar berildi

“Respublikada ov qilish va ovchilik xo'jaliklari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi

Farmonga muvofiq, Ekologiya vazirligiga quyidagi vakolatlar berildi:

- ovchilik xo'jaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish to'g'risidagi shartnomaning namunaviy shaklini tasdiqlash;

- ovchilik xo'jaligini yuritishda texnik-iqtisodiy asosnoma materiallarining formatini tasdiqlash;

- yuridik va jismoniy shaxslar bilan ovchilik xo'jaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish to'g'risida shartnoma tuzish.

2024-yil 1-oktyabrdan ovchilarga ovchilik yo'llanmasi yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvotalar asosida elektron dastur orqali beriladi.

2024-yil 1-oktyabrdan ovchilik guvohnomasini berishning quyidagi tartibi o'rnatiladi, jumladan:

- ovchilik guvohnomasini olish uchun talabgorlarni maxsus o'quv kurslarida o'qitish joriy etiladi;

- ovchilik guvohnomasi muomalaga layoqatli, 18 yoshga to'lgan, o'quv kurslarini tugatgan va test sinovlaridan muvaffaqiyatli o'tgan jismoniy shaxslarga YIDXP orqali 2 yil muddatga beriladi.

2024-yil 1-sentyabrdan yovvoyi hayvonlarni ko'paytirish joylarini, kichik safari parklar va ov turizmini tashkil qilgan ovchilik xo'jaliklari 3 yil muddat mobaynida mol-mulk va yer solig'ini 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkalari bo'yicha, shuningdek, aylanmadan olinadigan soliqni 1 foiz miqdorida to'laydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90806 | Инструменты