Huawei 1
Elektr energiyasi to‘lovi bilan bog‘liq hisob-kitob qanday ishlashi tushuntirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda iste’molchi tomonidan hisob-kitob davrida amalda iste’mol qilingan elektr energiyasi miqdori va tо‘loviga oid turli savollar ko‘paygan. Xususan, bloger Shuhrat Kurbanov о‘z sahifasida elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE) tomonidan joriy yilning 5-iyul holatiga о‘tgan oy uchun hisoblangan 198 kV.soat elektr energiyasi  notо‘g‘ri hisob-kitob qilinganligi haqida post qoldirgan.

Boshqa iste’molchilar tomonidan ham shunga о‘xshash fikrlar bildirilgan. Xususan, aksariyat holatda iste’molchilar о‘z hisob raqamlarini tekshirganda belgilangan ijtimoiy norma, ya’ni 200 kVt.soat iste’mol qilinmagan bо‘lsa-da, iste’molning ma’lum qismi yuqori – 900 sо‘mlik tarifda hisoblanganligi bо‘yicha e’tirozlar bildirishgan.

 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mazkur holat bо‘yicha izoh berdi.

Xabaringiz bor, elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE) iste’molchilarga о‘rnatilgan hisoblagichlar orqali kun yakuni bilan, ya’ni soat 00:00 da iste’mol qilingan kо‘rsatkichlarni tizimga yuboradi, о‘z navbatida, billing tizimi hisoblagich kо‘rsatkichlarini sutka davomida iste’molchilarning hisob raqamiga yozib olib,  hisob-kitoblarni amalga oshiradi.

Ushbu holatni bir oylik elektr energiya iste’moli hisob-kitobi misolida kо‘rib chiqamiz:

Iste’molichida 01.06.2024 yil  sanasiga hisoblagich kо‘rsatkichi

12 440 kVt.soat va 30.06.2024 sanasiga 12 750 kVt.soat. Ushbu holatda 12 750 – 12 440 = 310 kVt.soat = 200*450 + 110*900 = 189 000 sо‘m.

Mazkur holatda kо‘rsatkichlar orasidagi kunlar soni 29 sutkaga teng.

Bunda oyning oxirgi kuni – 30-iyun sutkasidagi iste’mol kunining yakuni, ya’ni 01.07.2024 yil soat 00:00 sanasida yozib olinadi.

Yangi oy boshlanganligi sababli о‘tgan oyning oxirgi kunidagi bir kunlik iste’mol yangi oyga qо‘shiladi va о‘tgan oyda iste’mol 200 kVt.soatdan oshganligi sababli keyingi 900 sо‘mlik narxdan hisoblab kо‘rsatiladi.

Shunda iyul oyi uchun amalga oshirilgan hisob-kitoblar quyidagicha aks ettiriladi:

05.07.2024 y. sanasida iste’molchi 40 kVt.soat iste’mol qilgan bо‘lsa va 30.06.2024 yil sanadagi bir kunlik iste’mol 10 kVt. soat bо‘lganda 10*900 + 40*450= 27 000 sо‘m.

"Shu o‘rinda iste’molchilarga mazkur tizimda barcha funksiyalar raqamlashtirilganligi hamda inson omili ishtirok etmasligini eslatgan holda, hisoblagichlardagi har bir kо‘rsatkichlar aniqlik bilan hisob-kitob qilinishini ta’kidlab о‘tmoqchimiz", - deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100523 | Инструменты