Huawei 1
Endi noruda qazilmasidan tushumning 3 foizi Soliq qo‘mitasi jamg‘armasiga yo‘naltiriladi

Qurilish materiallari uyushmasi qoshida Koreya namunasi asosida sinov laboratoriyasini tashkil qilish zarurligi qayd etildi.

Laboratoriyada energiya samarador, yuqori qo‘shilgan qiymatli issiqlik saqlovchi materiallar, sanfayans, lak-bo‘yoq, keramika, PVX mahsulotlari hamda xomashyo sifatini tekshirish yo‘lga qo‘yiladi.

Ekologik muvozanatni tiklash maqsadida daryo o‘zanlarini qazishga moratoriy joriy etilgan. Shu munosabat bilan muqobil xomashyo bazasini yaratish bo‘yicha topshiriq berilgan.

Respublika bo‘yicha 135 ta qum-shag‘al uchastkalari aniqlanib, hozirgacha ulardan 40 tasi auksionga chiqarildi. Qolgan 95 ta uchastkalarni auksionga chiqarish bilan bog‘liq masalalarni hal qilish topshirildi.

Yil yakunigacha Olmaliq kombinatida yig‘ilgan uyumlarni qayta ishlovchi sanoat maydonini tashkil etib, yiliga qo‘shimcha 3 million kub metr qum-shag‘al yetkazib berish yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.

Davlatimiz rahbari joylarda noruda konlardan noqonuniy yoki samarasiz foydalanish holatlari ko‘payib borayotganini qayd etdi.

O‘tgan yili 6 million kub metr noqonuniy qazilma aniqlanib, ulardan 17 milliard so‘m qo‘shimcha soliq undirilgan.

Marksheyder mutaxassislar yetarli bo‘lmagani uchun yer qaʼridan foydalanuvchilarni atigi 36 foizi monitoring qilinmoqda.

Nazoratni kuchaytirish maqsadida noruda qazilmasidan tushumning 3 foizi Soliq qo‘mitasi jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. 

Qo‘mitaga buning hisobiga har bir hududda kamida 2 ta marksheyderni jalb qilish, zamonaviy videokuzatuv va o‘lchash uskunalarini o‘rnatib, taʼsirchan nazoratni taʼminlash topshirildi.

So‘ng Prezident qurilish materiallari tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan muloqot qildi. Mutasaddilarga aytilgan fikr va tashabbuslarni puxta o‘rganib, tegishli takliflarni kiritish topshirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92320 | Инструменты