Huawei 1
Fransiyaning Air France aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda

Parij shahridagi “IFTM Top Resa” xalqaro turizm ko‘rgazmasi doirasida Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev boshchiligidagi delegatsiyaning “Air France” shirkati tijorat masalalari bo‘yicha direktori Frederik Dekors bilan uchrashuvi chog‘ida ikkitomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasida fikrlar almashildi.

Fransiyadan O‘zbekistonga turistlar oqimini yanada ko‘paytirish maqsadida kelajakda “Air France” bilan aviaqatnovlarni tashkil qilish imkoniyatlarini birgalikda ko‘rib chiqish, hamda aviakompaniya platformalarida O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib qilish borasida hamkorlik o‘rnatishni o‘rganish masalasida kelishuvga erishildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92322 | Инструменты