Huawei 1
Eng yaxshi ko‘rsatkichlarni qayd qilgan davlat tashkilotlari mukofotlanadi

O'zbekistonda “O‘zbekiston davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash” dasturi doirasida intervyu va taqdimotlar o‘tkazilmoqda.

Xususan, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi BAA Hukumati bilan hamkorlikda “Government Quality Award” – O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari samaradorligi mukofoti” dasturini amalga oshirmoqda.

Mazkur, dastur mamlakatda davlat boshqaruvi va davlat xizmati samaradorligini baholashga yo‘naltirilgan loyiha bo‘lib, uning doirasida joriy yilda eng yaxshi ko‘rsatkichlarni qayd qilgan davlat tashkilotlari va davlat xizmatchilari bir necha nominatsiya bo‘yicha mukofotlanishi nazarda tutilgan. Unga ko‘ra, “O‘zbekiston davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash” (Uzbekistan Government Quality Award 2024) dasturining 2-siklida 8 ta nominatsiya bo‘yicha vazirliklar va vazirliklar xodimlarini baholash belgilangan.

Ayni damda BAA mutaxassislari va mahalliy ekspertlardan iborat Ishchi guruh joylarga chiqib, ishtirokchilarni intervyu va taqdimotlar asosida baholamoqda. Dasturda 17 ta vazirlik, 120 nafarga yaqin davlat xizmatchilari ishtirok etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92321 | Инструменты