Endi yakuniy imtihondan yiqilgan OTM bitiruvchisi 2 marta qayta imtihon topshirishi mumkin bo'ladi

Endi talaba davlat imtihonidan yiqilsa, bir yil kutmaydi, deya xabar bermoqda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmati. 

Ma'lum qilinishicha, Adliya vazirligi tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestasiyasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi buyrug‘i davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Unga ko‘ra, yakuniy davlat attestasiya sinovidan o‘ta olmagan shaxs (talaba) keyingi har bir o‘quv yilida (3 yil davomida) o‘z arizasiga muvofiq  2 martagacha imtihonni qayta topshirish huquqiga ega.

Oldingi tartib bo‘yicha bitiruvchi yakuniy davlat attestasiyasi sinovidan o‘ta olmagan taqdirda keyingi yillarda qayta topshirish huquqiga ega edi. Ushbu holat talaba uchun birmuncha qiyinchiliklar, xususan uning bir yillik qimmatli vaqtini maqsadli sarflay olmasligiga sabab bo‘lib kelgan, deyiladi xabarda.

Izohlar: 23
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61006 | Инструменты