Huawei 1
“Energetiklar” aholiga zamonaviy tibbiy xizmatlar ko'rsatmoqda

"O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati tasarrufida bir nechta ijtimoiy soha ob'ektlari, aniqrog'i tibbiy-sanitariya, sport-sog'lomlashtirish va dam olish maskanlari ham faoliyat yuritadi. Ular ichida Toshkent shahrida joylashgan Tibbiy-sanitariya qismi yetakchilardan hisoblanadi.

Poliklinika ambulator va statsionar davolash xizmati shartnoma asosida energetika sohasining turli tarmoq xodimlariga, shu jumladan, aholiga tibbiy xizmat ko'rsatadi. AJ axborot xizmati ma'lum qilishicha, muassasada 45 o'rinli nevrologiya va 45 o'rinli terapiya bo'limlarining statsionar o'rinlari mavjud.

Oxirgi uch oy davomida mazkur tibbiyot muassasasining rentgen uskunasi hamda qon-peshob tahlili laboratoriyasi kuchaytirilgan rejimda xizmat ko'rsatdi. Tibbiy maskanda 40 dan ziyod maxsus tibbiy texnika uskunalari, 200 dan ziyod yordamchi va ko'ptarmoqli yordamchi jihozlar mavjud. Karantin davrida 10 dona «Vita oxy 510» kislorod konsentratori xarid qilindi.

Tibbiy muassasa pandemiya karantini davrida o'z imkoniyatlarini to'liq ishga solgan holda O'zbekiston sog'liqni saqlash tizimi zimmasiga tushgan yuklamani birmuncha yumshatishga, aniqrog'i energetika tizimi xodimlarining mehnat samaradorliginini oshirish bilan birga aholiga sifatli hamda tezkor tibbiy xizmat ko'rsatdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82412 | Инструменты