Huawei 1
"Yong‘in bartaraf etishga 19 ta yong‘in o‘chirish va boshqa maxsus texnikalar jalb etilgan" - Toshkentdagi omborxonada kelib chiqqan yong'in o'chirildi

Yangihayot tumani, “Yangi Darxon” MFY, Yangi Darxon ko‘chasida joylashgan ishlab chiqarish sexilaridan birining omborxonasida sodir bo‘lgan yong‘inga yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 09:48 da yetib borib, soat 11:07 da o‘rab olindi va soat 11:28 da bartaraf etildi.

Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Yong‘indan omborxonaning taxminan 5000 kv.m maydoni saqlab qolindi.

Yong‘in bartaraf etishga 19 ta yong‘in o‘chirish va boshqa maxsus texnikalar jalb etilgan. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91307 | Инструменты