Huawei 1
FAO ekspertlari O'zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini qo'llab-quvvatlamoqda

Oliy Majlis Senati hamda Konrad Adenauer nomidagi Jamg'arma hamkorligida «Mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta'minlashning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro onlayn konferensiya bo'lib o'tdi. 

Unda Senat a'zolari, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) ekspertlari va boshqa xalqaro tashkilotlar, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirok yetdi.

- Oziq-ovqat tizimlarini o'zgartirish 2030 yilgacha bo'lgan davrda BMT Global kun tartibining markazida va Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga erishish uchun juda muhimdir", dedi Markaziy Osiyo bo'yicha FAO sub-mintaqaviy koordinatori Viorel Gutu. 

- O'zbekiston rasmiy oziq-ovqat nazorati tizimini zarur takomillashtirishni rejalashtirar ekan, oziq-ovqat sifatini nazorat qilish tizimlarini baholash uchun FAO-JSST vositasini ta'kidlar yedim, bu kuchli tomonlarni baholash va takomillashtirishga muhtoj sohalarni aniqlash uchun foydali manba bo'lishi mumkin.

 Ushbu vositadan foydalanish oziq-ovqat xavfsizligi nazorati uchun mas'ul vazirliklarga oziq-ovqat nazorati tizimini mustahkamlash yo'llari haqida umumiy tasavvurni rivojlantirish imkonini beradi.

Ta'kidlanganidek, oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish borasida so'ngi yillarda ijobiy natijalarga erishildi. Birgina tomorqalardan unumli foydalanish, almashlab ekish, yerdan 2-3 martalab hosil olishning yo'lga qo'yilishi natijasida mahsulotlar aholining ham ehtiyojlaridan ortib mahalliy va dunyo bozorlarigacha chiqarilayotir.

Bundan tashqari, meva va sabzavotni qayta ishlash korxonalarining ishga tushirilishi eksport salohiyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Biroq endi jahon bozoriga chiqishni boshlash bilanoq yetishtirayotgan oziq-ovqat mahsulotlar xalqaro talablarga javob berishi lozim.

Aholining xavfsiz ovqatlanish tizimini takomillashtirish, oziq-ovqat mahsulotlarini xavfsizligini ta'minlash masalalariga qaratilgan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni, “Aholining sog'lom ovqatlanishini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori qabul qilindi.

Biroq qabul qilingan hujjatlarga qaramasdan aholini xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash tizimida qator muammolar mavjudligi konferensiya ishtirokchilari tomonidan qayd etildi.

Konferensiyada xorijiy mutaxassislarning oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyatini tizimlashtirish, soha huquqiy asosini takomillashtirish bo'yicha tavsiyalari, qolaversa, oziq-ovqat mahsulotlarning sifati va xavfsizligi ko'rsatkichlarini tahlil qilib borish borasidagi fikrlari eshitildi.

FAO oziq-ovqat xavfsizligi bo'yicha ekspert Mari Kenni (Vengriya) «Xalqaro oziq-ovqat standartlari bo'yicha: kodeks alimentarius» taqdimotini o'tkazdi. Kodeks Alimentarius yoki Oziq-ovqat Kodeksi «Kodeks Alimentarius Komissiyasi» tomonidan tasdiqlangan standartlar, ko'rsatmalar, normalar va qoidalar to'plamidir. 

Komissiya qo'shma FAO/JSST oziq-ovqat standartlari dasturini amalga oshirishda markaziy rol o'ynaydi; u FAO homiyligida va iste'molchilarning sog'lig'ini himoya qilish va oziq-ovqat mahsulotlarida adolatli savdo amaliyotini targ'ib qilish maqsadida yaratilgan.

Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta'minlash bo'yicha tavsiyalar qabul qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61009 | Инструменты