Huawei 1
Farg‘ona bozoridagi janjal ortidan 8 kishi jazoga tortildi

Farg‘ona shahar savdo majmuasida tartibbuzarlik keltirib chiqarganlar javobgarlikka tortildi. Bu haqda Milliy gvardiyaning Farg‘ona viloyati boshqarmasi xabar berdi. 

24-iyul kuni shahar markazidagi bozorda tadbirkor va bozor maʼmuriyati xodimlari o‘rtasida janjal yuzaga kelgan edi.

Ushbu holat yuzasidan Milliy gvardiya hamda IIB hodimlari tomonidan, ularga nisbatan MJtKning 183-, 194-moddasi 1-qismi tartibida hujjatlar rasmiylashtirib, qonuniy qaror qabul qilish uchun JIB Farg‘ona shahar sudiga yuborildi.

Sud, maʼmuriy ish materiallarini har tomonlama o‘rganib chiqib, Farg‘ona shahar savdo majmuasida faoliyat olib boruvchi 4 nafar savdogar, D.N, D.O, Sh.Q, O.I,larga hamda 4 nafar bozor maʼmuriyati xodimlari, F.Sh, O.M, Z.X, J.T, larga MJtKning 194-moddasi 1-qismi tartibida jarima jazosi tayinladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90808 | Инструменты