Huawei 1
Farg‘ona shahrida 11 tup daraxt ruxsatsiz kesib tashlandi

Farg‘ona shahrining Yuksalish ko‘chasidagi atrofi o‘rab olinib, qurilish boshlangan hududda 11 tup archa daraxti kesib tashlangan. Holat bo‘yicha Farg‘ona shahar ekologiya bo‘limi boshlig‘i Suhrob Amirov ma'lumot berdi

U manzarali daraxtlar ruxsatnomasiz kesib tashlanganini bildirdi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bu ishni kim qilgani nomaʼlum. Daraxtkushlarni topib, ularga qonuniy chora ko‘rilishini so‘rab viloyat prokuraturasiga boshqarma tomonidan xat chiqarilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12019 | Инструменты