Farg‘ona viloyati hokimi: «Bir kg  vazn tashlagan insonga 500 ming so‘m beramiz»

Bugun bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat kengashining navbatdagi sessiyasida Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg‘ona ahliga murojaatida sog‘lom turshush tarzini targ‘ib qilish masalasiga alohida to‘xtaldi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda kasalliklarning 50-55 foizining kelib chiqishiga sog‘lom turmush tarziga rioya qilmaslik, ortiqcha vazn, noto‘g‘ri ovqatlanish, harakatsizlik sabab ekaniga e’tibor qaratgan viloyat hokimi, ortiqcha vazn muammosi respublikamizda ham sog‘liqni saqlash tizimida jiddiy oqibatlarni yuzaga keltirayotgani, ko‘plab kasalliklarning kelib chiqishida asosiy sabab bo‘layotganidan kelib chiqib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda “Farg‘ona tajribasi” yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.

"Bunda viloyatda yashovchi me’yordan ortiqcha vaznga ega fuqarolar, maxsus dastur doirasida ro‘yxatdan o‘tib, ortiqcha vaznni yo‘qotishga erishsalar, har bir kilogram ozish uchun 500 ming so‘m miqdorida pul beriladi. Barcha ijro organlari bu tajribani ommalashtirish bo‘yicha ish olib boradilar.

Bu borada maxsus nizom ishlab chiqiladi. Dasturda ishtirok etish istagida bo‘lgan fuqarolar yashash joyi bo‘yicha poliklinikada vaznni tortirib, qayddan o‘tishlari kerak bo‘ladi. Olti oydan so‘ngra takroriy ko‘rik o‘tkaziladi, bir yil davomida qayd etilgan natijaga ko‘ra, eng kamida 5 kg vazn yo‘qotishga erisha olgan fuqarolarga to‘lov amalga oshiriladi", deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111700 | Инструменты