Huawei 1
Farg‘onada 20 yoshli soxta Milliy gvardiya xodimi ushlandi

Joriy yilning 2-aprel kuni soat 09:30 larda Marg‘ilon shahrida joylashgan Biznesni rivojlantirish bankida xizmat vazifasini o‘tayotgan Qo‘riqlash bo‘limi xodimlarining sergakligi tufayli Qo‘riqlash boshqarmasining dala kiyimida bank binosi ichida yurgan notanish shaxs qo‘lga olindi.

Olib borilgan dastlabki surishtiruv ishlari davomida, o‘zini Qo‘riqlash xizmati xodimiman deb yurgan ushbu shaxs, aslida Marg‘ilon shahar Yangi hayot mahallasida yashovchi 20 yoshli fuqaro Sh. X. ekanligi aniqlangan. 

Ushbu fuqaro Marg‘ilon shahar IIB masʼul xodimlariga topshirilib, harbiy kiyim-kechaklari va boshqa anjomlari olib qo‘yilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72716 | Инструменты