Huawei 1
Farg‘onada bir guruh shaxslar yo‘l talashib janjal ko‘tardi

Farg‘ona viloyatida 23 yoshli fuqaro va 4 kishi yo‘l talashishi oqibatida janjal sodir bo‘ldi. Bu haqda Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 15 mart kuni Dang‘ara tumani Oltiqo‘sh mahallasida yashovchi 2002 yilda tug‘ilgan A.N. o‘ziga tegishli bo‘lgan Gentra avtomashinasida Uchko‘prik tumani Soybo‘yi mahallasi hududida harakatlanib kelayotgan vaqtida Spark rusumli avtomashinada bo‘lgan Bag‘dod tumani Ultarma qishlog‘ida yashovchi M.S., Sh.M., X.R. hamda A.A. lar bilan o‘zaro yo‘l talashib janjallashib ketgan.

Mazkur holat shu kunning o‘zida Uchko‘prik tuman IIB tomonidan tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, tergovga qadar tekshiruv yakuniga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 109-moddasi (Qasddan badanga yengil shikast yetkazish) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31806 | Инструменты