Huawei 1
Farg‘onada enagaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ijtimoiy tarmoq monitoringi doirasida kichik yoshdagi qizning enagasi tufayli og‘ir jarohat olganligi haqidagi xabar tarqaldi.

Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.

Aniqlanishicha, Farg‘ona shahrida yashovchi fuqaro Gʻ.M (1988-yilda tug‘ilgan ayol) Rossiya Federatsiyasiga ishlash uchun ketishi sababli voyaga yetmagan qizi Gʻ.I.(2022-yilda tug‘ilgan)ni rasmiy ravishda ishonchnoma asosida M.X. (1988 yilda tug’ilgan ayol) ning qaramog‘iga topshirib, 2024-yil avgust oyida jo‘nab ketgan.

Shuningdek, ona enaga M.X ga xizmat xaqqi va bolaning kunlik sarf-xarajatlari uchun pul jo‘natib turgan.

2024-yil 15-noyabr kuni voyaga yetmagan Gʻ.I yashash xonadonidagi zinadan tushayotgan vaqtda yiqilib, og‘ir tan jarohati olganligiga qaramay, enaga ayol bolaning sog‘ligini xavf ostiga qo‘yib uni shifoxonaga olib bormagan.
Oqibatda bolaga bosh miya lat yeyishi va boshqa xayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir shikastlar tashxisi qo’yilgan.

2024-yil 28-dekabr  kuni fuqaro M.X ga nisbatan  Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 117-moddasi 1-qismi (Xavf ostida qoldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bolalar ombudsmani holat yuzasidan o‘z kuzatuvini davom ettiradi.

Bu bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10707 | Инструменты