Huawei 1
Farg‘onada fuqaro o‘z xonadonida 100ga yaqin daydi itni saqlab kelgani ma'lum bo'ldi

Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasi Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, fuqaro xonadonida 96 ta daydi it saqlab kelayotgani aniqlangan.

Maʼlum qilinishicha, Farg‘ona viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi xodimlari itlar vaqtincha saqlanayotgan ushbu xonadonda bo‘lib, hayvonlarning salomatligi, ularga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishgan.

"Ushbu xonadonda 96 ta daydi it saqlanmoqda. Ularga bir kunda 25 kilogrammgacha go‘sht va boshqa turdagi yeguliklar berib borilmoqda. Shuningdek, bu yerdagi barcha itlar maxsus veterinar ko‘rigidan o‘tkazilib turiladi, maqsad kasalliklar va itlarni ko‘payib ketishining oldini olishdir”, -deydi xonadon egasi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91612 | Инструменты