Huawei 1
Qashqadaryoda kelinlari ko‘z o‘ngida ayolini benzin bilan yoqib yuborgan er qamaldi

2024 yil 11 sentyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tuman sudida o‘z ayolini o‘ldirmoqchi bo‘lgan 58 yoshli erkakka sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Oliy sud portalida maʼlumot keltirilgan.

Sud hujjatlariga ko‘ra, sudlanuvchi Yu.R. Yakkabog‘ tumani “Sheroziy” MFYda ayoli bilan yashab, uni 2014 yildan 2024 yilgacha xiyonat qilishlikda ayblab, u bilan doimiy nizolashib kelgan.

O‘z navbatida Yu.R. 2024 yilning 22 aprel kuni soat taxminan 20:00 larda mast holatda yashash uyining hovlisidagi supada dam olib yotganida, turmush o‘rtog‘i telefonda gaplashib, suhbatdoshiga erini nazarda tutib “iflos uyda, ertaga ishga ketganidan keyin gaplashamiz” degan gaplarini eshitib qolgan.

Natijada, bundan jahli chiqib, ayolini o‘ldirish maqsadida hovlidagi 1 litr hajmli yelim idishda turgan benzinni olib, turmush o‘rtog‘i o‘tirgan uyga kirgan va uch nafar kelini, voyaga yetmagan o‘g‘li hamda beshikda yotgan nevaralarining ko‘z o‘ngida ayolining yuz va ko‘krak qismlariga baklashdagi benzinni sepib, o‘ta shafqatsizlik bilan yoqib yuborgan.

Jabrlanuvchi G.R.ni shu yerda bo‘lgan kelinlari suv sepib olovni o‘chirib olib, “tez yordam” mashinasida Yakkabog‘ tuman shifoxonasiga olib kelishgan hamda tibbiyot xodimlarining ko‘rsatgan malakali yordami natijasida ayolning hayoti saqlab qolingan.

Sud hukmi bilan sudlanuvchi erkak JKning 25,97-moddasi 2-qismining “d" va "j” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topgan va unga shu modda bilan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91903 | Инструменты