Farg‘onada gaz portlashi oqibatida 3 nafar hindistonlik talaba jarohatlandi

Farg‘onada gaz portlashi oqibatida 3 nafar hindistonlik talaba jarohatlandi. Bu haqda Uzreport.news manbasiga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi. 

Aniqlanishicha, 11-mart kuni Farg‘ona shahar Sharq ko‘chasi 10-uyda gaz portlashi natijasida yong‘in bo‘lgan.

Oqibatda ushbu uyda ijarada yashagan 3 nafar Hindiston davlati fuqarolari ( “Farg‘ona Jamoat-Salomatligi tibbiyot” instituti talabalari, 2 nafari 2001-yilda tug'ilgan 1 nafari 2003-yilda tug'ilgan) turli xil termik kuyish jarohatlarini olishgan. Hozirda ularga shifoxonada tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты