Farg‘onada o‘qituvchini kaltaklaganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Avvalroq, Farg‘onada tarix fani o‘qituvchisi o‘quvchining qarindoshlari tomonidan kaltaklangani haqida xabar bergan edik.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning UzReport.news manbasiga ma’lum qilishicha, o‘qituvchini urgan mushtumzo‘rlarga nisbatan jinoyat ishi ochilgan.

Unga ko‘ra, joriy yilning 1-aprel kuni Toshloq tumani, "Sadda" MFYda joylashgan 25-sonli maktabning tarix fani o‘qituvchisi 9-sinf o‘quvchisining qarindoshlari tomonidan kaltaklanib, unga tan jarohati yetkazilgan. Fuqarolar X.J. va X.A.lar o‘qituvchidan "jiyaniga nisbatan nima uchun kuch ishlatgani"ni so‘rashgan.

O‘qituvchi "bosh miya chayqalishi, chap qosh tashqi burchak sohasi yirtilishi, chap yelka va tirsak sohalarining lat yeyishi" va boshqa jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Toshloq tumani IIB huzuridagi TB tomonidan X.J. va X.A.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты