Huawei 1
Farg‘onada olib qochilgan Nexia-2 pachoqlangan holda topildi

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida olib qochilgan Nexia-2 rusumli avtomashina pachoqlangan holda topildi, deb xabar beradi viloyat IIB axborot xizmati.

Qayd etilishicha, 5-yanvar kuni Qo‘qon shahrida yashovchi fuqaroga tegishli Nexia-2 rusumli avtomashina Qo‘qon shahar Sarboz ko‘chasida olib qochilgan. Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, mazkur jinoyatni 24 hamda 21 yoshli Qo‘qon shahrida yashovchi Sh.S. va A.S. sodir etgani aniqlanib ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi (transport vositasini olib qochish) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90805 | Инструменты