Farg‘ona viloyatida jinoyat sodir etib, qidiruvda bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi post-patrul xizmati va JTSB 1-Mintaqaviy hudud 1-otryad xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismida (firibgarlik) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv eʼlon qilingan D.I.ni qo‘lga oldi.
“Qidiruvdagi shaxslar haqida biror maʼlumotga ega bo‘lsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar bo‘limlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi taʼminlanadi”, — deya murojaat qilgan viloyat IIB.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122708 | Инструменты