Ularning 2 tasi esa nobud bo‘lgan
Farg‘onada olmaxonlarni noqonuniy olib kirishga bo‘lgan urinish fosh qilindi. Bu haqda Davlat bojxona qo'mitasi matbuot xizmati "Uzreport.news" manbasiga xabar berdi.
Qayd etilishicha, Farg‘ona tumanida aniqlangan holatda chegaradosh mahallalardan birida shubha ostiga olingan shaxs tegishli 2 ta yog‘och yashik bojxonachilar va Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda ko‘zdan kechirilgan.
Natijada, maxsus yasalgan va bo‘lmalarga ajratilgan yashiklarda qo‘shni davlatdan noqonuniy ravishda olib kirilgan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan 32 bosh olmaxonlar borligi aniqlandi, ularning 2 tasi esa nobud bo‘lgan.
Qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 30 mln so‘mga baholangan ushbu jonivorlar hozirda Farg‘ona hayvonot bog‘iga topshirildi.
Holat yuzasidan esa bojxona tekshiruvlari davom etmoqda.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Toshkent xalqaro aeroportida dunyo bo'yicha juda noyob hisoblanadigan hayvonlarni olib kirishga urunganlar ushlangani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122623 | Инструменты