Huawei 1
Farg‘onada sodir bo‘lgan YTHda bo‘lajak kelin-kuyov vafot etdi

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida sodir bo‘lgan YTHda bo‘lajak kelin-kuyov vafot etdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa O‘zbekiston tumanida Qo‘qon—Yaypan—Isfara yo‘lida sodir bo‘lgan. Spark haydovchisi harakat vaqtida quvib o‘tish qoidalarini buzib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlangan. Oqibatda Gentra bilan to‘qnashuv sodir etgan. Gentra haydovchisi yonida unashtirilgan qizi ham bo‘lgan. 

Gentra’dagi bo‘lajak kelin-kuyovning biri 21-iyulda, yana biri esa 22-iyulda shifoxonada vafot etgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90807 | Инструменты