Farg‘onada tadbirkor Mercedes-Benz'ni bojxona postidan bo‘laklab olib o‘tmoqchi bo‘ldi
Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda postdan noqonuniy tovar olib o‘tish ishlari fosh etildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, avtomobil ehtiyot qismlari importi bilan shug‘ullanuvchi shaxs tomonidan xorijdan olib kelingan 14 turdagi avtomobil ehtiyot qismlari tovarlarini “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirish uchun Farg‘ona viloyatidagi “Qirguli” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postiga taqdim etilgan yuk kuzatuv hujjatlari va bojxona yuk deklarasiyasi asosida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.
Unda, umumiy qiymati 237 mln so‘mlik 1 dona Mercedes-Benz W211 hujjatlarda avtomobil kuzovi, deb noto‘g‘ri ko‘rsatilganligi, shuningdek, 15 turdagi jami 99 dona avtomobil ehtiyot qismlari hujjatlarda umuman ko‘rsatilmaganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan hozirda bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60910 | Инструменты